

Unda O'zbekistondagi eng yetakchi saytlardan Championat.asia, Tribuna.uz, SPORTS.uz, Xabardor.uz, Olamsport.com, reytingi baland telekanallardan Sport TV, MY5, Sevimli TV jamoalari qatnashadi.
O'yinlar “Bunyodkor” futbol klubi sport zalida bo'lib o'tadi. Uchrashuvlar SPORTS.uz saytining You Tube platformasida JONLI EFIRda namoyish etiladi. Yurtimizdagi eng taniqli jurnalistlar ishtirokidagi futbol musobaqasini o'tkazib yubormang!!!
Ertaga musobaqa oldidan “Bunyodkor” stadionida qur'a tashlanadi. Marosim 10:00da boshlanadi. Qur'a jarayonida jamoalardan bittadan vakil qatnashadi. Qur'a tashlash marosimi ham JONLI EFIRda olib beriladi.




