O'zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi 30 dekabr kuni e'lon qilinadi

Tolibjon Qosimov
15 dek 2018, 12:04
Bilasiz, 2017 yilga qadar sport sohasida faoliyat olib borayotgan OAV vakillari yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlab kelishgan.

Bu yil mazkur ananani davom ettirishni maqul ko'rdik.

O'zbekistonda eng yaxshilarni yil davomida o'zbek futbolini, xorijdagi legionerlarimiz va xalqaro musobaqadagi ishtirokimizni muntazam kuzatib va yoritib borgan faol OAV mutaxassislari o'rtasidagi so'rovnoma orqali aniqlaymiz. O'zbekistonda yil futbolchisi va murabbiyi kim bo'lgani 30 dekabr kuni e'lon qilinadi. Bunda mamlakatimizdagi barcha OAV vakillarini hamkorlikka chaqiramiz.


Eslatib o'tamiz, 13 dekabr kuni "championat.asia" xodimlarining ovozlari yordamida Superliganing eng yaxshilarini e'lon qilgan edik.

Yilning eng yaxshi murabbiyi - Mirjalol Qosimov

Yilning eng yaxshi hujumchisi - Tiago Bezerra

Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi - Javlon Ibrohimov

Yilning eng yaxshi himoyachisi - Anzur Ismoilov

Yilning eng yaxshi darvozaboni - Eldorbek Suyunov

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia