O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi keyingi mavsum YCHLda o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
10 may 2019, 15:49
O'zbekistonda tavallud topgan Anton Valdemar ayni paytda "Gannover" safida o'ynamoqda.

Futbolchi yangi mavsumni Frankfurtning "Ayntraxt" klubida boshlashi mumkin. Bu haqda nemis OAV xabar tarqatmoqda.

"Ayntraxt" Germaniya Bundesligasida chempionat tugashiga 2 tur qolganida 4-o'rinni egallab turibdi. Agar ushbu o'rin saqlab qolinsa Yevropa chempionlar ligasiga yo'llanma qo'lga kiritiladi.

Anton Bundesligada bu mavsum eng yosh sardor bo'ldi va "Gannover" safida 33ta o'yin o'tkazdi. Ammo "Gannover" katta ehtimol bilan Bundesligani tark etadi va Valdemar ham jamoadan ketadi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan. "Gannover" uni 12 million evroga sotishga tayyor.

Miron Goyxman



Germaniyada o'ynayotgan futbolchilarimiz haqida bilasizmi?        

"Gannover" himoyachisi Anton Valdemar: "O'zbekistonda tug'ilganman" (intervyu)         

Nemis matbuoti Germaniyada o'tadigan Evro-2024da O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi o'ynashiga ishonmoqda 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia