O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Singapurga uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2016, 10:59
2016 yilning 13 – 30 oktyabr sanalari davomida Bahraynda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun Singapurga jo'nab ketdi.

Jasur Abduraimov boshchiligidagi terma jamoa Singapurda 13 – 17 iyul kunlari davomida mashg'ulotlar olib borib, bir necha nazorat o'yinlari o'tkazishni rejalashtirgan.

Quyida Singapurdagi yig'inga yo'l olgan futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz.

Darvozabonlar: Umidjon Hamroev (“Paxtakor”), Umidjon Ergashev (“Nasaf”)

Himoyachilar: Xusniddin G'ofurov (“Neftchi”), Xushnudbek Avilov (“Paxtakor”), Oybek Rustamov ( “Qo'qon-1912”), Islomjon Qobilov (“Metallurg”)

Yarim himoyachilar: Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Sanjar Qodirqulov (“Bunyodkor”), Azizjon G'aniev (“Nasaf”), Suxrob Nurilloev (ROZK), Saidjamol Dalatjonov (“Dinamo”), Doston Ibragimov (“Dinamo”), Xojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Nurillo To'xtasinov (“Bunyodkor”), Jamshid Yusupov (“Paxtakor”)

Hujumchilar: Bobir Abduxoliqov (“Nasaf”), Begzod G'anijonov (“Qizilqum”), Aziz Suyunov (“Olmaliq”).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com