O'FA tasdiqladi: O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Braziliya, Urugvay va Argentinaga qarshi o'ynaydi

Alisher
27 iyul 2022, 15:07
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Lotin Amerikasi terma jamoalari bilan xalqaro turnirda ishtirok etadi

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Urugvay, Argentina va Braziliya U-20 terma jamoalari bilan birgalikda xalqaro turnirda ishtirok etadi.

O'yinlar 6, 8 va 10 sentyabr kunlari Urugvayning Maldonado shahrida joylashgan “Domingo Burgenyo Migel” stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq bu haqda saytimizda ma'lumot bergan edik.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz