O'zbekiston va Rossiya chempionlari uchrashuvidan FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
17 yanv 2019, 14:53
Ayni paytda BAA mamlakatida Osiyo kubogi-2019 bahslari davom etmoqda.

Bundan tashqari, dunyoning turli klublari aynan amirliklarda yig'in o'tkazishmoqda. Bugun "championat.asia" ijodiy guruhi ikkiga bo'lindi. Birinchi guruh Ektor Kuper va Javohir Sidiqov ishtirokidagi matbuot anjumani hamda terma jamoamizning Yaponiyaga qarshi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotini yoritish maqsadida Al Ayndagi "Halifa Bin Zayed" stadioniga yo'l oldi.

Ikkinchi guruh esa avvaliga Jabel Alida o'tkazilgan Toshkentning "Lokomotiv" va Moskvaning "Spartak" klublari o'rtasidagi nazorat o'yinini, keyin esa OK-2019 "C" guruhi doirasidagi Qirg'iziston - Filippin (3:1) uchrashuvini yoritib borish maqsadida Dubayda qoldi. "Temiryo'lchilar" moskvaliklarga yirik hisobda mag'lub bo'lishgani haqida oldinroq xabar bergan edik. Ana shu uchrashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

"Championat.asia" ijodiy guruhi nazorat o'yini o'tkaziladigan maydonga har ikkala jamoadan ham oldin yetib bordi.


Andrey Fyodorov va Mirko Yyelichich.


"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov hamda "Spartak" ustozi Oleg Kononov bellashuvdan oldin "CA"ga qisqa intervyu berdi.


Moskvaliklarning braziliyalik hujumchisi Luis Adrianoning qo'l telefoni.


"Spartak"ning yangi legioneri, chap qanot himoyachisi Ayrton Lukas. Imidjiga juda boshqacha e'tibor beradigan o'yinchi ekan o'ziyam)


"Spartak" - "Lokomotiv" uchrashuvi "Jebel Ali Shooting club"ga qarashli futbol maydonida o'tkazildi.


"Spartak"ning boshlang'ich tarkibi.


"Lokomotiv"ning boshlang'ich tarkibi.


Bahsda hisobni Aleksandr Tashaev chiroyli zarbasi bilan ochdi.


Oradan 2 daqiqa o'tib "temiryo'lchilar"ning yangi a'zosi Jamshid Iskanderov chiroyli gol evaziga muvozanatni tikladi.




Uchrashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
Dubay, BAA

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia