O'zbekiston U23ga mag'lub bo'lgan Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2018, 14:39
U23 Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Kim Bong Gil istefoga chiqarildi.

Bu haqda "Korea Football News" e'lon qildi. Ushbu terma jamoa Xitoyda o'tkazilgan U23 Osiyo chempionatining yarim finalida O'zbekiston U23 terma jamoasiga mag'lub bo'lib, uchinchi o'rin uchun bahsda ham g'alaba qozona olmagan edi.

Ravshan Haydarov jamoasi koreyaliklarni qo'shimcha bo'limlarda 4:1 hisobida mag'lub etgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia