O'zbekiston U-23 terma jamoasi 3 iyul kuni yig'inga kirishadi, Fransiyaga qachon uchib ketilishi ham ma'lum

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2024, 11:35
Xabaringiz bor, Parij olimpiadasining futbol bahslari shu yilning 24 iyulidan 10 avgustiga qadar bo'lib o'tadi.

Unda tarixda ilk bor O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiyachilarimiz 3 iyul kuni yig'ilishadi va 4 iyul kuni olimpiada oldidan yurtimizdagi so'nggi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish uchun Dukentga yo'l olishadi. Dukentdagi mashg'ulotlar 4 iyuldan 9 iyulga qadar davom etadi.

Shundan so'ng O'zbekiston U-23 terma jamoasi 11 iyul kuni Toshkentdan Fransiyaga uchadi. Dastlab Marsel shahrida yig'in va 15 iyul kuni Gvineyaga qarshi, 18 iyulda esa Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Ana shu ikki bellashuvdan keyin terma jamoa Olimpiada bahslaridagi yurishini boshlash uchun Parijga yo'l oladi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikasi termalariga qarshi o'ynaydi.

Ispaniya – O'zbekiston

24 iyul, Parij 

O'zbekiston - Misr

27 iyul, Nant

Dominikan Respublikasi – O'zbekiston

30 iyul, Parij

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia