O'zbekiston U-23 "Nasaf"ni ikkinchi o'yinda ham mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
23 dek 2017, 14:49
Kecha Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Qarshida "Nasaf" klubiga qarshi dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazib, yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonganini xabar qilgandik.

Bugun O'zbekiston U-23 terma jamoasi chempionatimizning kumush medali sohiblariga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Uchrashuv 3:2 hisobida Ravshan Haydarov shogirdlarining g'alabasi bilan yakuniga etdi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida gollarni Dostonbek Hamdamov (19-daqiqa), Islomjon Qobilov (56-daqiqa) va Jasur Yaxshiboev (59-daqiqa) kiritdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 termasi 2018 yilning yanvar oyida Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Qur'a natijasiga ko'ra, vakillarimiz “A” guruhidan joy olgan bo'lib, guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com