O'zbekiston U-20ni Yangi Zelandiyaga kuzatish marosimi o'tkazildi

Aslanov Jasurbek
20 may 2015, 15:55
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun tongda Yangi Zelandiyaga yo'l oldi.

Ular Toshkent-Dubay-Sidney-Vellingtion yo'nalishida parvoz qiladi.

Kecha “O'zbekiston” mehmonxonasida yoshlar terma jamoasini kuzatish marosimi tashkil etildi. Tadbirda O'zbekiston U-20 futbolchilari va murabbiylar shtabidan tashqari O'zbekiston Futbol Federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev, O'FF faxriylar kengashgi raisi Narimon Jalolov, O'FF qoshidagi kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'yicha ekspertlar kengashi raisi Axrol Inoyatov, terma jamoalar markazi texnik direktori Rustam Akramov, futbol faxriysi Axbor Imomxo'jaevlar ishtirok etishdi.

Eslatib o'tamiz, 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon Chempionati 30 may kuni start oladi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'zining birichni o'yinini 1 iyun kuni, Gondurasga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 09:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com