O'zbekiston U-20 xalqaro musobaqadagi ishtirokini durang bilan boshladi

Omonjon To`xtamirzayev
4 iyun 2024
O'zbekiston U-20 terma jamoasi xalqaro musobaqadagi ishtirokini boshladi.

Farhod Nishonov qo'l ostidagi terma jamoamiz Xitoydagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Vakillarimiz musobaqaning dastlabki turida Koreya Respublikasiga qarshi maydonga tushishdi.

Qiziqarli bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakun topdi. Jamoamizning yagona golini 35-daqiqada Ravshan Xayrullaev urdi. 


O'zbekiston U-20 o'yinni mana shunday tarkibda boshladi - 21.Samandar Muratbaev, 3.Muhammadali Zohidov, 5.Azizbek To'lqinbekov, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Daler Tuxsanov, 8.Amirbek Saidov, 10.Muhammadali O'rinboev, 13.Behruz Jumatov, 14.Nurlan Ibraimov, 16.Muhammadali Reimov, 18.Narimonjon Ahmadjonov. 




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia