Terma jamoa 4 iyul, payshanba kuni Qora dengiz bo'yidagi ushbu shaharda ilk mashg'ulotlarni o'tkazdi.
Mashg'ulotlar Trabzonspor futbol akademiyasi mashg'ulot maydonlarida olib borildi. Juda ko'tarinki kayfiyatda o'tgan mashg'ulotlarda futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligi, to'p bilan ishlash ko'nikmalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan mashqlar o'tkazildi.
Mashg'ulotlar yakuniga etgach, kechki ovqatdan so'ng O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi chorak finaldagi bo'lajak raqib – Fransiya yoshlar terma jamoasining o'yinini o'rganishga bag'ishlangan nazariy mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Unda terma jamoa murabbiylar shtabi Fransiya yoshlar terma jamoasining kuchli va kuchsiz jihatlari to'g'risida ma'lumot berishdi.
5 iyul kuni rejasidan bir qator o'yinoldi tadbirlar o'rin olgan. Dastlab, chorak finalda o'zaro to'qnashadigan O'zbekiston va Fransiya yoshlar terma jamoalari menejerlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tsa, so'ng, Toshkent vaqti bilan 16:30da O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmadjon Musaev o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Fransiya yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2013 chorak final uchrashuvi 6 iyul, shanba kuni Rize shahridagi Yeni Shehir stadionida o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.