O'zbekiston U-19 - Xitoydagi musobaqa g'olibi!

Narzulla Saydullayev
11 sen 2015, 19:58
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etdi.

Jasur Abduraimov boshchiligidagi yoshlarimiz dastlab 7 sentyabr kuni Xitoyga qarshi o'yinda 2:1 hisobida zafar quchishdi. 9 sentyabrda esa Suriya 3:1 hisobida taslim qilindi. Vakillarimiz bugun Yaponiya yoshlariga qarshi so'nggi uchrashuvni o'tkazishdi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, O'zbekiston yoshlari musobaqa chempioni bo'lishdi.

Turnir tashkilotchilari O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G'anievni eng yaxshi futbolchi deb topishdi. 

 

O'zbekiston - Xitoy 2:1

Gollar: Aziz G'aniev, Sanjar Qodirqulov


O'zbekiston - Suriya 3:1

Gollar: Doston Ibragimov, Aziz G'aniev, Jasur Yaxshiboev


O'zbekiston - Yaponiya 1:1

Gol: Jasur Yaxshiboev


Takidlash joiz, Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 28 sentyabr – 6 oktyabr kunlari Bangladeshda bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati saralash bahslarida ishtirok etadilar.





Gulshan Sadullaeva Xitoydan championat.asia uchun maxsus

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia