O'zbekiston U-19 terma jamoasi aprel oyida Armaniston yoshlariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2015, 16:09
1997 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi aprel oyida Armaniston poytaxti Erevan shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.
Mazkur yig'in davomida O'zbekiston U-19 yoshlari Armaniston U-19 terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvlari 22 va 24 aprel kunlari Erevan shahrida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 terma jamoasiga Jasur Abduraimov bosh murabbiy etib tayinlangan va terma jamoa  Abduraimov boshqaruvida 15-17 fevral kunlari Toshkentda o'zining ilk yig'inini o'tkazgan edi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-19 terma jamoasi 2-10 oktyabr kunlari U-19 yoshlar o'rtasidagi OCH saralash bahslarida ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com