O'zbekiston U-19 terma jamoasi AGMK yoshlarini yirik hisobda mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
18 yanv 2020, 16:25
Joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizda 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

14 yanvardan terma jamoamiz navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishgani haqida xabar bergan edik. Bugun terma jamoamiz AGMK jamoasi yoshlari bilan bahs olib bordi va qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'zbekiston U-19 – AGMK yoshlari 5:1
Gollar:
Sarvar Ablaev, Shahboz Nuriddinov, Tohir Rafaelov, Asadbek Jo'raqulov, Odilbek Abdumajidov.

O'zbekiston U-19: Amal Shavketov, Asliddin Toshtemirov, Shahzod Toirov, Jasurbek Abdulbekov, Abdulloh Mirkomilov, Sarvar Ablaev, Muhammadaziz Ibrohimov, Alisher Odilov, Mirjalol Mirzaev, Farhod Sohibjonov, Jamshid Baxshullaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Izzatilla Tursunov, Odilbek Abdumajidov, Abubakir Turdaliev, Eldor Begimov, Jafar Karimov, Abdurauf Bo'riev, Shahboz Nuriddinov, Asadbek Jo'raqulov, Muhammadqodir Ahadov, Tohir Rafaelov.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz