O'zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlariga mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 may 2017
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi Gruziya yoshlariga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun kecha, 1 may kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahriga yetib keldi.

Bugun, 2 may kuni Mochinov shogirdlari Gruziya yoshlar termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'zbekiston yoshlar termasidan gollarga Xudoyorxon Sadullaev va Georgiy Ahmedov mualliflik qildi. Jamoalar o'rtasidagi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi 4 may kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur o'rtoqlik o'yinlari O'zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari o'tkaziladi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Tbisili, Gruziya
2 may, seshanba

Gruziya U-18 – O'zbekiston U-18 – 4:2

Gollar:
Akaki Kimeridze (4, 45), Beka Kavtaradze (15), Mixail Ergemlidze (54) – Xudoyorxon Sadullaev (45), Georgiy Ahmedov  (69)

Ogohlantirishlar: Mixail Ergemlidze (54), Jaba Kasrelishvili (59),  Tamaz Babunadze (90) – Abdulaziz Yoqubov (3), Ibrohim Yo'ldoshev (33)  

Chetlatishlar: Mixail Ergemlidze (87), Tamaz Babunadze (90) – Ibrohim Yo'ldoshev (39)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com