O'zbekiston U-18 terma jamoasi nazorat uchrashuvida durang qayd etdi

Narzulla Saydullayev
23 mar 2019, 10:29
Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi "Chig'atoy" sport bazasida yig'in o'tkazayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Kecha terma jamoa a'zolari "Lokomotiv" yoshlar jamoasi bilan nazorat o'yinida maydonga tushishdi.

Uchrashuvi 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi. Yig'in davomida yana Pro-liga vakillari "Yangier" va "Rubin" jamoalariga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazish ham rejalashtirilgan.

Toshkentdagi yig'in 28 martga qadar davom etadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz