O'zbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi

Alisher Ostonov
18 yanv 2026, 23:02
Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi 17–28 yanvar kunlari Milliy futbol markazida tayyorgarlik ko'radi.

Mashg'ulotlarning ikkinchi qismi 27–yanvardan 3 fevralgacha Xitoyda davom etadi.

Mazkur safar doirasida vakillarimiz mezbonlarga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi:


29 yanvar: Xitoy - O'zbekiston

2 fevral: Xitoy - O'zbekiston


Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb qilingan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabonlar: Olim Shomurodov (“Paxtakor”), Aziz Berdiev (“Odil Ahmedov FA”), Mehroj Sirojiddinov (“RFA”), Abdulboriy Zoidjonov (“Lokomotiv”)

Himoyachilar: Mirjamol Anvarov (“Odil Ahmedov FA”), Elsevar Olimov (“Zamin”), Muhammad Hakimov (“Bunyodkor”), Sunnat Ibragimov (“RFA”), Jahongir O'ktamboev (“Bunyodkor”), Azizillo Erkinjonov (“G'azalkent”), Abubakir Rahimov (“Odil Ahmedov FA”), Adis Abdunabiev (“Oqtepa”)

Yarim himoyachilar: Islom Ravshanov (“Paxtakor”), Sog'inch Marupov (“RFA”), Mirkomil Murodov (“Bunyodkor”), Damir Mirzabekov (“Paxtakor”), Muhammad Mamatov (“Paxtakor”), Amirxon Erkinov (“Odil Ahmedov FA”), Ahrorbek Ravshanbekov (“Andijon”), Suhrob Sadirjonov (“Paxtakor”), Diyor Halikov (“Paxtakor”), Odilxon Orifxonov (“Odil Ahmedov FA”)

Hujumchilar: Laziz Abduraimov (“Zamin”), Ziyodulla Salamov (“Odil Ahmedov FA”)

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати