O'smirlar o'rtasidagi (U-17) jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 2-9 sentyabr kunlari Avstriyada navbatdagi yig'inini o'tkazadi. Mazkur yig'in davomida Nuraliev shogirdlari 5 hamda 7 sentyabr kunlari mezbon - Avstriya o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Takidlash joiz, Avstriya o'smirlar terma jamoasi (U-17) ham BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichi ishtirokchisi sanaladi.
Xabaringiz bor, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ayni damda Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda. Nuraliev shogirdlari Toshkentdagi yig'in davomida Eron o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab, 18 avgust kuni o'tkazilgan o'yinda o'zbekistonlik o'smirlar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 20 avgust kuni o'tkazilgan ikkinchi o'yinda ham, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining qo'li baland keldi - 2:1.
O'zbekiston hamda Eron o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi uchinchi o'rtoqlik uchrashuvi 22 avgust, payshanba kuni bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv ham Toshkentdagi JAR stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu yilning 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichida ishtitrok etadi.