O'zbekiston U-16 terma jamoasi yig'inni yakunladi

Alisher
3 mar 2020, 12:27
Xabaringiz bor, endilikda O'zbekiston U-16 terma jamoasiga Olim Shokirov bosh murabbiylik qilmoqda.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 20 fevral – 2 mart kunlari poytaxtimizda yig'in tashkil etdi. Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida 4 ta nazorat o'yini o'tkazildi. So'nggi o'yin “Paxtakor-2002” bilan o'tkazildi. Qiziqarli tarzda kechgan bahsda hisob ochilmadi – 0:0.

Mazkur o'yin bilan yig'inga yakun yasaldi.

 

O'zbekiston U-16 – “Paxtakor-2002” 0:0

O'zbekiston U-16: Husan Mahmudov, Abduqodir Husanov, Mirkamol Abdurazzoqov, Sunnatila Poyonov, Kirill Todorov, Asad Qaxxorjonov, Alisher Xayrullaev, Rian Islomov, Muhammadali Usmonov, Shahzod Akramov, Sardor Xojiboev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Beknur Parmonov, Po'lat Jumaxonov, Muhriddin Pazildinov, Asad Beglarxonov, Rustam Turdimurodov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz