O'zbekiston U-16 terma jamoasi OCH saralashida ishtirok etish uchun Ar Riyodga jo'nab ketdi

Aziz Tukhtamuradov
15 sen 2017, 12:23
Shu yilning 16–24 sentyabr kunlari O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlarini o'tkazadi.

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi jamoa Toshkentda so'nggi o'quv-yig'in mag'shulotlarini o'tkazib, saralash o'yinlarida ishtirok etish uchun bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahriga uchib ketdi. Avvalroq xabar berilganidek, terma jamoa bosh murabbiyi mazkur saralash bahslarida ishtirok etish uchun tarkibga 22 nafar futbolchini jalb etgan.

Qur'a natijasiga ko'ra, O'zbekiston o'smirlar termasi “A” guruhida mezbon Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iordaniya va Shri-Lankaga qarshi bahs olib boradi.

Takidlash lozim, bugun terma jamoa vakillarini Osiyo Chempionati saralashiga kuzatish uchun O'FF rahbariyati ham tashrif buyurdi. O'FF vice-prezidenti Shoakram Isroilov rahbariyat nomidan so'zga chiqib, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga saralash bahslari oldidan omad tiladi va ushbu bahslarda muvaffaqtli ishtirok etib, Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishiga tilak bildirdi. Shuningdek, O'FF rahbariyati nomidan Asqar Tolibjonov hamda O'zPFL bosh direktori Farhod Magametov ham terma jamoa delegaciyasiga saralash bahslari oldidan omad tilashdi.

U-16 OCH–2018 saralashi
“A” guruhi o'yinlari

16 sentyabr, shanba

19:15 Shri-Lanka – Bahrayn
22:15  Iordaniya – Saudiya Arabistoni

18 sentyabr, dushanba

19:15  Bahrayn – O'zbekiston
22:15  Shri-Lanka – Iordaniya

20 sentyabr, chorshanba

19:15  O'zbekiston – Shri-Lanka
22:15  Saudiya Arabistoni – Bahrayn

22 sentyabr, juma

19:15  Iordaniya – O'zbekiston
22:15 Saudiya Arabistoni – Shri-Lanka

24 sentyabr, yakshanba

19:15  Bahrayn – Iordaniya
22:15  O'zbekiston – Saudiya Arabistoni

Eslatma: O'yin soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com