O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Kuala-Lumpur shahriga yetib keldi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2014, 12:21
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Osiyo Chempionatiga tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan so'nggi yig'inini o'tkazish uchun Malayziyaga yetib keldi.
Terma jamoa delegaciyasi Kuala-Lumpurdagi Xilton mexmonhonasiga joylashdi. Bugun kunning ikkinchi yarmida, mahalliy vaqt bilan 17:00da O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bu yerdagi ilk mashg'ulotlarini boshlaydi.

Avvalroq xabar berganimizdek, Mochinov shogirdlari Kuala-Lumpurda 31 avgustgacha yig'in o'tkazishadi. Mazkur yig'in davomida esa, 26 va 28 avgust kunlari Malayziya U-16 o'smirlar termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi. Malayziyadagi yig'in yakuniga etgach, terma jamoa Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun u yerdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com