Yangi tashkil etilayotgan jamoaning ilk yig'inida bosh murabbiy Temur Olimxo'jaev 23 nafar futbolchini ko'rikdan o'tkazdi, ularning imkoniyatlari ikki nazorat o'yinida sinab ko'rildi.
Terma jamoa navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini 16-20 oktyabr kunlari o'tkazishni rejalashtirgan. Toshkentda bo'ladigan ushbu yig'inda O'FF Terma jamoalar markazining mintaqaviy selekcionerlari tomonidan tavsiya etilgan yangi futbolchilar guruhi ham ko'rikdan o'tkaziladi.
Qayd etish joiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining ushbu o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslariga munosib tayyorgarlik ko'rishiga qaratilgan.