O'zbekiston U-15 o'smirlar terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2015, 14:59
O'zbekiston U-15 o'smirlar terma jamoasi Yaponiyadagi xalqaro turnirga jo'nab ketish oldidan Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.
Avvalroq xabar berilganidek, 2000 yilgacha tug'ilgan o'smirlardan iborat O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 23-30 mart kunlari Yaponiyada bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.

Mazkur turnirda Yaponiya hamda O'zbekiston o'smirlar terma jamoalaridan tashqari Eron, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston hamda Afg'oniston o'smirlar terma jamoalari ishtirok etadilar.

Ma'lumot uchun, Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi 12-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH saralash bahslarida ishtirok etadilar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com