O'zbekiston – Turkiya uchrashuvi uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2013, 11:21
O'FF matbuot xizmati 14 avgust kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston hamda Turkiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi uchun akkreditatsiya jarayoni boshlanganini e'lon qiladi.
O'zbekiston – Turkiya o'yini uchun akkreditatsiyadan o'tish istagida bo'lgan OAV hodimlari 23 iyul kunidan boshlab akkreditatsiya zayavkasini O'FF matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari kerak. Akkreditatsiya zayavkasi namunasi bilan Hujjatlar bo'limidagi Akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi faylini ko'chirib olish orqali tanishish mumkin. O'zbekiston –Turkiya o'yini uchun akkreditatsiyadan o'tish jarayoni 5 avgust kunigacha davom etadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda Turkiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 14 avgust kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 19:00ga belgilangan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com