O'zbekiston Toshkentda Eronga gol ura olmagan

Narzulla Saydullayev
2 okt 2016, 16:37
6 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Eron bilan o'ynaydi.

Bu ikki jamoa bugunga qadar 6 marta to'qnash kelishgan.

1998 yil Tailandda o'tgan Osiyo o'yinlari chorak finalida Eron vakillarimizni 4:0 hisobida taslim qilgandi. 2007 yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasida o'tgan bahsda ham Eron g'olib bo'lgan - 2:1.

2009 yil Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgan. Bahsda hisob ochilmagan edi - 0:0. 2012 yil JCH-2014 saralashi doirasida bu ikki jamoa Toshkentdagi "Jar" stadionida bellashishgan. Uchrashuvda mehmonlar so'nggi daqiqalarda gol urib g'alabani ilib ketishgandi - 0:1.

O'sha yil noyabr oyida Tehronda o'tgan o'yinda Ulug'bek Baqoevning urgan goli O'zbekistonga qarama-qarshilikdagi birinchi va hozircha yagona g'alabani keltirgan edi - 0:1.


Nihoyat 2015 yilda Toshkentda bu ikki jamoa yana bir marta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishgan. Bu safar forslar bitta gol evaziga safarda g'alabaga erishishgandi - 0:1.

Eron va O'zbekiston o'rtasidagi 6ta o'yinning bittasida vakillarimiz, 4tasida forslar g'olib chiqishgan. Faqat bir bor durang qayd etilgan. To'plar nisbati 8:2 Eron foydasiga.

Toshkentda bu jamoalar uch marta o'yin o'tkazishgan. Ularning hech birida O'zbekiston yuta olmagan va umuman gol ura olmagan.


Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia