O'zbekiston terma jamoasi 4 o'yinlik g'alabasiz seriyaga barham berdi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2014, 07:40
Kecha Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Igor Sergeev va Dilshod Jo'raev tomonidan urilgan gollar termamizga 2:0 hisobidagi g'alabani keltirdi.

Shu tariqa, O'zbekiston 4 o'yin davom etgan g'alabasiz seriyasiga barham berdi. So'nggi bor termamiz o'tgan yilning noyabr oyida Gonkongga qarshi safardagi bahsda zafar quchgandi - 2:0.

2014 yilgi o'yinlar

O'zbekiston - BAA 1:1
O'zbekiston - Ummon 0:1
O'zbekiston - Ummon 0:1
Ozarbayjon - O'zbekiston 0:0
O'zbekiston - Iordaniya 2:0

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia