O'zbekiston terma jamoasiga "Nasaf"dan 5 nafar futbolchi chaqirildi

Alisher
7 fev 2020, 10:40
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo Kubogi-2023 saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 18-24 fevral kunlari BAAda navbatdagi yig'in o'tkazadi.

O'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida terma jamoamiz Belarus milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'iniga "Nasaf"dan besh nafar futbolchi chaqirildi. Bular: Abduvohid Ne'matov, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov, Oybek Bozorov, Bobir Abdixoliqov. Bundan tashqari klubning massajchisi Andrey Bezborodov ham terma jamoa ixtiyorida bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, kecha "So'g'diyona"dan himoyachi Sardor Qulmatov va hujumchi Shohruz Norxonov terma jamoaga chaqiruv olgani haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcnasaf.uz