O'zbekiston terma jamoasiga "So'g'diyona"dan ikki futbolchi chaqirildi
Narzulla Saydullayev
6 fev 2020, 15:27
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo Kubogi-2023 saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 18-24 fevral kunlari BAAda navbatdagi yig'in o'tkazadi.
Ushbu yig'in doirasida terma jamoamiz Belarus milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Vadim Abramov mazkur yig'inga "So'g'diyona"dan ikki nafar futbolchini chaqirdi. Bular himoyachi Sardor Qulmatov va hujumchi Shohruz Norxonov.