

Terma jamoamiz delegaciyasi 8 fevral kuni Turkiyaga uchib ketadi. 10 fevral kuni O'zbekiston Rossiyaning "Amkar" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Oldinroq Armaniston bilan o'tkazilishi lozim bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvi Armaniston FF tashabbusi bilan bekor qilingan edi.
Ma'lumot uchun, "Amkar" Rossiya premer-ligasida 17ta turdan so'ng 27 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. Jamoani ayni paytda Gadji Gadjiev boshqarmoqda.




