O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritmasa Kuper iste'foga chiqadi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2018, 15:44
Ayni damda Milliy olimpiya qo'mitasi anjumanlar zalida O'zbekiston terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani o'tkazilmoqda.

Anjumanda O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi hamda Kuper o'rtasidagi bitim "3+1" sxemasida tuzilgani e'lon qilindi. Juranlistlardan biri O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Diyor Isametdinovdan qanday vaziyatda kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkinligini so'radi.

"Janob Ektor Kuper bilan shartnoma muddati JCH-2022ning so'nggi saralash bosqichi yakuni (2021 yil noyabr)gacha tuzilgan. Agar O'zbekiston terma jamoasi mundial yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, mutaxassis bilan xayrlashamiz" - deya javob qaytardi Diyor Isametdinov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia