

O'tgan mavsum "Nasaf"dan "Paxtakor"ga o'tgan Akmal Shorahmedov yangi mavsumdan e'tiboran AGMK sharafini himoya qilishi kutilmoqda. Mirjalol Qosimov qo'l ostiga o'tgan AGMK jamoasi OCHLda o'z oldiga guruh bosqichiga chiqish vazifasini qo'ygan. Shunga monand jamoa tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. "Bunyodkor"da o'ynagan Akmal Shorahmedovning imkoniyatlarini yaxshi biladigan murabbiy shogirdini Olmaliqqa chorlamoqda. Shorahmedov ham AGMK safiga borib qo'shilishga qarshi emas. Tez orada futbolchi rasman AGMK libosini kiyishi kutilmoqda.



