O'zbekiston terma jamoasi Dubayga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2017
O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Suriyaga qarshi o'yin o'tkazishidan xabaringiz bor.

Terma jamoa Malayziyaga BAA orqali uchib borishi haqida xabar bergandik. Bugun delegaciya Toshkentdan Dubayga uchib bordi. Ertaga vakillarimiz Kuala-Lumpur tomon parvoz qilishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 23 mart kuni Malayziyada Suriya termasiga qarshi bahs olib boradi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo'lajak o'yinlarga quyidagi futbolchilarni jalb qilgan.

Darvozabonlar:
Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Murodjon Zuxurov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”),  Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy),  Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”).

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Aziz Haydarov (“Ash-Shabab”, BAA), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya), Salamat Qutiboev (“Lokomotiv”), Server Jeparov (“Sepahon”, Eron), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar).

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar).

Avvalroq O'zbekiston termasining bo'lajak raqiblari – Suriya va Qatar ham tarkiblarini e'lon qilgandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to'plagan holda to'rtinchi o'rinni band qilib turgan bo'lsa, Qatar 4 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia