O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Eronning "Fulad" klubiga o'tishni istamadi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2019, 11:17
O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi himoyachisi Oleg Zoteev "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.

Quyida ushbu intervyuning eng asosiy qismini taqdim etamiz.

"Rostini aytsam Osiyo Kubogidan keyin menga hech qaysi agentlardan taklif bo'lmadi. Biroq o'zimning variantlarim bor edi. Misol uchun, Eronning "Fulad" klubi menga jiddiy qiziqib qolgandi va shu jamoaga o'tishim kerak edi. Ammo o'zim bu variantdan voz kechdim.

Hozir ham menda Rossiyaning birinchi divizionidan variantlar turibdi. Ammo kuni kecha ulardan birining taklifiga rad javobini berdim. Kuchli beshlikdagi yana bir jamoaning taklifi ustida bosh qotirayapman. Ammo u erga ham bormasam kerak.

"Lokomotiv" meni qo'yib yuborishni istamayapti. Klub rahbarlari nima qilasan, biz bilan qolgin deb tinmay aytishyapti. Shu bois menimcha "Lokomotiv"da qolaman", - deydi Zoteev "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia