O'tkir Yusupov Avstriyada

Sherzod Nurmatov
10 okt 2025
O'zbekiston terma jamoasi va "Fulad" darvozaboni O'tkir Yusupov ayni paytda Avstriyaning Insbruk shahrida bo'lib turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, CAFA Nations Cup doirasidagi Eron bilan bahsda jarohat olgan milliy terma jamoa asosiy posboni ushbu mamlakatda jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.

Avvalroq 34 yoshli futbolchining jarohati kutilganidan jiddiy bo'lib chiqqani ma'lum bo'lgan edi. U termaning oktyabrdagi yig'inda qatnashmayapti va katta ehtimol bilan noyabr oyidagi FIFA kunlarida ham ishtirok etmaydi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia