O'zbekiston qizlar terma jamoasi CAFA U-15 Girls xalqaro musobaqasida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2017, 12:09
O'zbekiston qizlar terma jamoasi shu yilning 27–29 avgust kunlari Tojikistonning G'issor shahrida bo'lib o'tadigan CAFA U-15 Girls xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.

Mazkur turnirda O'zbekiston U-15 qizlar terma jamoasi bilan birgalikda mezbon Tojikiston Eron va Qirg'iziston qizlar termasi qatnashadi.  Bosh murabbiy Karima Yo'ldosheva bo'lajak musobaqaga 17 futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Aziza Davlatova, Oysara Suyunova;
Himoyachilar: Ilvina Kamalieva, Marina Kosnikova, Sevara Nurullaeva, Sitora Pirnazarova, O'g'iloy Saydullaeva, Amina Shodieva, Marjona To'raeva;
Yarim himoyachilar: Jasmina Abdug'anieva, Albina Boboqulova, Diyora Erkinova, Diyora Jo'raboeva, Shahrizoda Zaynitdinova.
Hujumchilar: Tojiniso Rashidova, Rushana Toshpulatova, Shahnozabonu Yusupova.

Quyida musobaqa taqvimi bilan quyida tanishish mumkin. Barcha uchrashuvlar G'issor shahridagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi.

27 avgust, yakshanba
19:00 Eron – Qirg'iziston
22:00 Tojikiston – O'zbekiston

28 avgust, dushanba
19:00 Qirg'iziston – O'zbekiston
22:00 Eron – Tojikiston

29 avgust, seshanba
19:00 O'zbekiston – Eron
22:00 Tojikiston – Qirg'iziston

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com