O'zbekiston – Qatar o'yinini xitoylik hakamlar boshqarib boradi
Alisher Ostonov
8 iyun 2025
O'zbekiston terma jamoasi 10 iyunda 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasi bilan o'yin o'tkazadi.
O'zbekiston – Qatar uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Jin Jingyuan, VARda esa Fu Ming faoliyat olib boradi.