O'zbekiston o'z tarixida ilk bor Mehribonlik uylari o'rtasidagi Jahon chempionatiga boradi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2018, 17:58
Shu yilning 10-18 may kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylari o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu turnirda tarixda birinchi marotaba O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Mundialda 14-17 yoshdagi futbolchilar ishtirok etishadi. Jahon chempionatida 21 mamlakat terma jamoasi qatnashadi: Angliya, Belarus, Braziliya (ikkita jamoa), Burundi, Boliviya, Misr (ikkita jamoa), Hindiston, Indoneziya, Kanada, Keniya, Liberiya, Mavrikiy, Meksika, Nepal, O'zbekiston, Pokiston, Rossiya (ikkita jamoa), AQSH, Tojikiston, Tanzaniya va Filippin.

Hozirda terma jamoa 23-sonli mehribonlik uyi bazasida turnirga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Terma jamoa a'zolari:
Darvozabon:
Islamov Sergey  

O'yinchilar
Shaplov Danil  
Ochilov Joxongir
Ergashboev Toir

Yarim himoyachi
Kotov Ruslan  
Karaxanyan Ruslan
Esenbaev Aziz  
Shamshilov Edgar

Hujumchi
Son Salim napadayushhiy

Bosh murabbiy: Asadov Jamshid

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia