

Kechagi o'yinda Dilshod Nuraliev ko'plab futbolchilarimiz xizmatidan foydalandi. Faqatgina Abdumavlon Abdujalilov, Timur Hakimov va Otabek Shukurov kechagi bahsda maydonga tushishmadi. Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni bilan bahsda O'zbekiston 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Vakillarimiz safida yagona golga zaxiradan o'yinga qo'shilgan Zabihillo O'rinboev kiritdi.
O'zbekiston OTJ: Akmal Tursunboev, Shohruh Dostonov, Sirojiddin Rahmatullaev, Maksimilian Fomin, Doston Tursunov, Akrom Komilov, Murod Rajabov, Jahongir Abdumo'minov, Quvondiq Ro'ziev, Nikita Pavlenko, Murod Bobojonov.
Zaxiradan tushganlar: Zabihillo O'rinboev, Sardor Rahmonov, Bobur Yo'ldoshev, Javlon Mirabdullaev, Diyorjon Turopov, Jaloliddin Masharipov, Ikrom Aliboev, Doston Hamdamov, Jasur Hakimov.



