O'zbekiston OTJ dekabr oyida 7ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2015, 10:29
Viktor Jalilov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi dekabr oyida Dubayda yig'in o'tkazadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu yig'in doirasida olimpiya terma jamoamiz 7ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Raqiblar orasida Yaponiya, Avstraliya va Qatar olimpiya terma jamoalari bor. Barcha raqiblar nomi yaqin orada ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston OTJ yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi U23 Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Guruhimizda Janubiy Koreya, Iroq va Yaman jamoalari bor. Ushbu Osiyo chempionatida sovrindor bo'lgan uch jamoa 2016 yil Rio De Janeyroda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga yo'llanma oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia