O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga yo'llanma oldi

29 sen 2013, 17:13
Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentda bo'lib o'tgan U-16 OCH-2014 saralash o'yinlarini muvaffaqiyatli yakunladi va kelasi yili Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oldi.

29 sentyabr, yakshanba kuni JAR stadionida OCH-2014 saralashidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Yaman U-16 o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda Temur Olimxo'jaev shogirdlari raqibini yirik - 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

O'yinda, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi hujumchisi Jonibek Ko'chimov dubl qayd etgan bo'lsa, Maruf Jo'raev hamda Shoxruh Mahmudhojievlar o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi. 27 sentyabr kuni saralashning 2-tur o'yinida Falastin terma jamoasi darvozasini javobsiz 9 marotaba nishonga olgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu tariqa, V guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi va Osiyo chempionati final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi.

U-16 Osiyo chempionati-2014, V saralash guruhi, 3-tur uchrashuvi
29 sentyabr, yakshanba

O'ZBEKISTON U-16 – YAMAN U-16 4:0 (1:0)
Gollar: Jonibek Ko'chimov (12, 50), Maruf Jumaev (59), Shohruh Mahmudhojiev (90+1).
Chetlatishlar: Suhrob Nurulloev (90+1) – Ali Mahdi (90+4).
Bosh hakam: Pratap Singh (Hindiston).

O'ZBEKISTON: Akrom Xo'jaev, Doniyor Hoshimov, Alijon Ilhomov, Ozodbek Qurbonov, Jonibek Ko'chimov, Oybek Nurmetov, Suhrob Nurulloev, Azizjon G'aniev, Dostonbek Berdiqulov, Bakir Murtazoev, Jahongir Ahmadov.

YAMAN: Salim Jamol Ali, Naif Abdulloh Umar, Husam Odil Solih, Faris Ahmad Saif, Abdulloh Hamid Muhammad, Ahmad Abdulhakim, Umar Abdulloh, Nasim ash-Sharif, Ali Yahyo al-Harviy, Naif Solih Hizom, Volid Ahmad.

Manba: championat.asia