O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyani mag'lubiyatga uchratdi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2021, 23:53
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "Viktor Bannikov" xalqaro turnirida Turkiya vakillariga qarshi bahs olib bordi.

O'yinning 31-daqiqasida Murodjon Komilov hisobni ochib, o'zbekistonliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limning boshiga kelib Muhammet Ali O'zbashkiji muvozanatni tikladi. Oradan 5 daqiqa o'tib, Iskandar Soliev turklar darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi. Shundan so'ng Azizbek Usmonovning goli evaziga hisob mustahkamlangandi, biroq 82-daqiqada Emirhan Kayar oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi - 3:2. O'yin shu hisob bilan yakunlandi.

"Viktor Bannikov" xalqaro xotira turniri

"B" guruhi 

3-tur

O'zbekiston 3:2 Turkiya

Gollar: Murodjon Komilov 31ʼ, Muhammet Ali O'zbashkiji 48ʼ, Iskandar Soliev 53ʼ, Azizbek Usmonov 70ʼ, Emirhan Kayar 82ʼ.

O'zbekistonlik yoshlar keyingi uchrashuvni Belarusga qarshi o'tkazadi. O'yin ertaga Toshkent vaqti bilan 17:00 da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz