O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Qatarni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
4 sen 2015, 17:10
Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ayni vaqtda Doxada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Ushbu qisqa muddatlik yig'in davomida O'zbekiston U-16 Qatar o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha kelishib olishgandi. Ushbu o'yinlardan dastlabkisi 2 sentyabr kuni bo'lib o'tdi va unda Olimxo'jaev shogirdlari yirik hisobda g'alaba qozondi - 4:1.

Ushbu uchrashuvda zahiradan maydonga tushgan Abdunozir Abdurahmonov dublga erishgan bo'lsa,  Oston O'runov va Baxromjon Soatov raqib darvozasiga bittadan gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Jamoalar 4 sentyabrda yana bir o'zaro o'rtoqlik uchrashuv o'tkazishadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
O'zbekiston U-16 - Qatar U-16 4:1
Gollar:
Oston O'runov, Baxromjon Soatov, Abdunozir Abdurahmonov.   

O'zbekiston U-16 asosiy tarkibi: Xojiakabar Jo'raev, Mardon Abdullaev, Ixtiyor Xoldorov, Islom Karimov, Abubakr Mo'ydinov, Oston O'runov, Baxromjon Soatov, Abdulxay Ismoilov, Rasul Yo'ldoshev, Asadbek Sobirjonov, Shuxrat Nematov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com