O'zbekiston Osiyo Kubogidagi 10-g'alabasiga erishdi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2015, 15:03
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogining ilk turida KXDR ustidan g'alabaga erishdi.
Igor Sergeev tomonidan 62-daqiqada urgan goli Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoaga uch ochko keltirdi.

E'tiborlisi ushbu g'alaba O'zbekiston uchun Osiyo Kuboklaridagi yubiley 10-g'alaba bo'ldi.

1996 yildan buyon qita chempionatida ishtirok etib kelayotgan terma jamoamiz bugun ushbu musobaqadagi 21-uchrashuvda maydonga tushdi va 10-g'alabasiga erishdi.

3ta o'yinda durang qayd etilgan qolgan 8ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchralgan. Sergeev urgan gol O'zbekistoning Osiyo Kuboklaridagi 31-goli bo'ldi. Shu kungacha termamiz 39ta gol o'tkazgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia