O'zbekiston olimpiya terma jamoasi vakillari Ispaniyaga yetib borishdi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2019, 17:21
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari bugun erta tongda Ispaniyaga yo'l olishgani haqida xabar berib o'tgandik.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi terma jamoamiz delegaciyasi Toshkent - Istambul - Valensiya yo'nalishi bo'ylab uchib, Ispaniyaga yetib borishdi. Valensiya shahridan ular avtobusda San-Pedro-del-Pinatar shahriga yo'l olishadi. Yig'in aynan mana shu shaharda o'tkaziladi. Yig'in davomida terma jamoamiz bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz a'zolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz