O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyada yig'in olib bormoqda

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2019, 13:19
Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020 yil Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.

Jumladan, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib boryapti.
 
Yig'in davomida olimpiya terma jamoamiz uchun kuchli raqiblar bilan nazorat uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan. Jumladan, terma jamoa a'zolari Turkiyadagi yig'in davomida Slovakiya U-21 terma jamoasi,  Ozarbayjonning "Keshla" klubi, Eronning "Sepaxon" jamoasi va Qozog'istonning "Taraz" klublari bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazadi. Mazkur uchrashuvlar davomida olimpiya terma jamoasiga nomzod bo'lgan futbolchilar sinovdan o'tkazilib, jamoaning asosi shakllantirib boriladi.    
 
Turkiya yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati:
 
Darvozabonlar:

Ergashev Umidjon "Nasaf"
Hamroev Umidjon "Paxtakor"
Muhammadjonov Mashhurjon "Nasaf"
 
Himoyachilar:
Islom Qobilov "Bunyodkor"
Husniddin G'ofurov "Neftchi"
Oybek Rustamov "Qo'qon-1912"
Dilshod Saitov "Nasaf"
Suhrob Nurulloev "Metallurg"
Hojiakbar Alijonov "Paxtakor"
Nurillo To'xtasinov "So'g'diyona"
Ibrohim Yo'ldoshev "Paxtakor"
Sherzod Nasrullaev "Nasaf"
Husniddin Aliqulov "Mashal"
 
Yarim himoyachilar:
Ilhom Alijonov "Nasaf"
Jasur Yaxshiboev "Paxtakor"
Abrorbek Ismoilov "Neftchi"
Oston O'runov "Navbahor"
Sanjar Qodirqulov "Bunyodkor"
Islom Kenjaboev "Nasaf"
Sharof Muhitdinov "Nasaf"
Islom Rashidxonov "Nasaf"
Dian Talxatov "Paxtakor"
Azizjon G'aniev "Nasaf"
 
Hujumchilar:
Bobur Abduxoliqov "Nasaf"
Mirjahon Mirahmadov "Bunyodkor"
Azizbek Omonov "Lokomotiv"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz