O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2015
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida BAAning Ajman shahriga yetib bordi

Ushbu yig'in 14 dekabrga qadar BAAning Ajman shahrida bo'lib o'tadi. Bu yig'in doirasida Samvel Babayan shogirdlari 7 dekabr kuni BAAning “Al Vasl”, 13 dekabrda Yaponiya olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

Birinchi yig'inga jalb etilgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar: Abdumavlon Abdujalilov (“Neftchi”), Javohir Ilyosov (“Mashal”), Asilbek Omonov (“Paxtakor”)

Himoyachilar: Sardor Rahmonov (“Neftchi”), Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”), Maksimilian Fomin (“Buxoro”), Javlon Mirabdullaev (“Metallurg”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Abdulloh Olimov (“Andijon”), Diyor Turopov (“Olmaliq”), Muhsin Ubaydullaev (“Neftchi”)

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Otabek Shukurov (“Buxoro”), Javohir Rasulov (“Neftchi”), Doniyor Ismoilov (“Olmaliq”), Abbos Maxstaliev (“Neftchi”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Jahongir Abdumo'minov (“Olmaliq”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Temur Hakimov (“Oqtepa”)

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hakimov (“So'g'diyona”), Shohnazar Norbekov (“Metallurg”)

Ma'lumot uchun, 19-28 dekabr kunlari Dubayda ikkinchi yig'in o'tkaziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia