O'zbekiston MTJ. To'rtinchi kungi mashg'ulotlar haqida yoxud Shukurov keldi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2019, 20:37
O'zbekiston milliy terma jamoasi Yaman va Singapur bilan o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Yig'inning to'rtinchi kunida terma jamoamiz lagerida BAAning "Sharja" klubida o'ynayotgan Otabek Shukurov paydo bo'ldi. Kuni kecha o'z klubi safida maydonga tushgan yarim himoyachi Toshkentga yetib keldi. Murabbiylar bugun Otabekkaa u qadar katta yuklamalar berishmadi. 

Yig'inga chaqirilgan Eldor Shomurodov, Temurxo'ja Abduxoliqov va Ikrom Aliboev tez orada terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishadi. Bugungi mashg'ulotlarda jami 25 nafar futbolchi qatnashdi. 

Dastlab futbolchilar Mirko Yyelichich qo'l ostida chigalyozdi mashqlarini bajarib mushaklarini qizdirib olishdi. So'ngra yigitlarimiz "kvadrat" o'ynashdi va ikkiga bo'lingan holda futbol o'ynashdi. Mashg'ulot so'nggida darvoza tomon zarbalar berishdi. 

Ertaga, 6 oktyabr kuni milliy terma jamoamiz olimpiya terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazib oladi. 


Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. >>> FOTOGALEREYA <<<

Foto: Tolibjon Qosimov



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia