MTJda navbatdagi yo'qotish: Hojiakbar Alijonov ham O'zbekistonda qoladi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2021, 20:18
Terma jamoamiz navbatdagi yo'qotishga uchradi.

Srechko Katanets boshchiligidagi terma jamoamiz bugun safar oldidan so'nggi mashg'ulotini olib bordi. Ma'lum bo'lishicha, Hojiakbar Alijonov jarohat olgan va u ham Gruziyaga bormasligi aniq bo'lib ulgurgan. Bu haqda biroz oldin O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

"O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Hojiakbar Alijonov jarohat sababli Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi", – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Rustam Ashurmatov viza bilan bog'liq muammo sabab safarga bora olmasligi oydinlashgan bo'lsa, Shahboz Umarov koronavirusga chalingani bois yig'inga kela olmagandi. Keyin esa himoyachi Dostonbek Tursunov va hujumchi Jasur Yaxshiboev jarohat tufayli Gruziyaga uchmasligi aytilgandi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi Gruziyaga 12 noyabr kuni Qozog'iston orqali yo'l oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia