O'zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlaridagi yana bir raqibi nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
8 may 2019, 10:47
Avvalroq, O'zbekiston milliy terma jamoasi 7 iyun kuni Toshkentda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar berib o'tgandik.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan o'tkazilgan muzokaralar natijasida, O'zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlaridagi yana bir raqibi nomi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra joriy yilning 11 iyun kuni poytaxtimizga Umar al-Soma boshchiligidagi Suriya terma jamoasi a'zolari tashrif buyuradigan bo'lishdi. 

 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidan boshlab 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ufa.uz